Inqiroz chekinyaptimi? Aprelning ikkinchi o‘n kunligida mahsulotlar sotuvida o‘sish kuzatildi

Jamiyat

image

Aprel oyida mahsulotlar sotuvidagi tushumlarda o‘sish kuzatilib, 340 milliard so‘mga yaqinlashgan. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ma’lum qilmoqda.

Karantin choralari davrida iqtisodiy faollik susayishining eng quyi davri aprel oyining birinchi dekadasiga to‘g‘ri kelgan. Tovar xom-ashyo birjasida savdolar bitimlari hajmi o‘rtacha 30 foizgacha, ayrim tovarlar bo‘yicha esa sotish hajmi 80 foizgacha tushib ketdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, aprel oyining 1-27 kunlarida mart oyining mos davriga nisbatan respublika bo‘yicha jami pul tushumlari 45 foizga, bunda, mahsulotlarni sotishdan tushgan tushumlar 31 foizga hamda pullik xizmatlar sohasidan keladigan tushumlar esa qariyb 2,7 barobarga qisqarishi kuzatilgan.

Shu bilan birga, aprel oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshlab mahsulotlar sotuvi tushumlarida sezilarli o‘sish kuzatilgan. Bu dekadadagi o‘rtacha kunlik tushumlar 337,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan (birinchi o‘n kunlikda o‘rtacha tushum – 255,5 mlrd so‘m). Mazkur tendensiya aprel oyining so‘nggi o‘n kunligida ham davom etib, kunlik o‘rtacha tushumlar 340,1 mrld so‘mni tashkil qilgan.

Pullik xizmatlardan keladigan tushumlar dinamikasida ham keskin qisqarishdan so‘ng, faollik kuzatilayotganiga qaramasdan o‘sish sur’atlari pastligicha qolmoqda. 

Bu ko‘rsatkich: 
•    birinchi o‘n kunlikda o‘rtacha kunlik tushum – 38,4 mlrd so‘m, 
•    ikkinchi o‘n kunlik – 40,5 mlrd so‘m, 
•    uchinchi – 43,7 mrld so‘m).

Iqtisodiy faollikning ma’lum darajada sekinlashuviga qaramay aprel oyida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan jalb qilingan kreditlar qoldig‘i 2,3 trln so‘mga oshgan. Xususan, aprel oyining dastlabki 20 kunida ushbu sohaga ajratilgan kreditlar miqdori 4,3 trln so‘mni va so‘ndirilgan kreditlar miqdori qariyb 2 trln so‘mni tashkil etgani ma’lum qilinmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

inqiroz

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing