Ingliz tilini bilish bo‘yicha davlatlar reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston 88-o‘rinni egalladi
Olam
−
19 noyabr 2020 14493 1 daqiqa
Dunyo mamlakatlarida ingliz tilini bilish darajasi reytingi e’lon qilindi. Education First tomonidan tuzilgan reyting 100 ta davlatdagi 2,2 mln odam o‘rtasida o‘tkazilgan test natijaiga asoslangan.
Reytingda davlatlarda ingliz tilini bilish darajasi beshta bosqichga bo‘lingan: juda yuqori, yuqori, o‘rta, past va juda past.
Reytingda O‘zbekiston ingliz tilini bilish darajasi juda past davlatlar qatoriga kirgan va 88-o‘rinni egallagan. Birinchi o‘rinda Niderlandiya joy olgan. Dastlabki o‘ntalikka Daniya, Finlyandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Avstriya, Portugaliya, Germaniya, Belgiya, Singapur kirgan.
So‘nggi 100-o‘rinni Tojikiston egallagan. Undan yuqoriroqda Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni, Ummon va Iroq joy olgan.

Live
Barchasi