Ingliz grandi De Bryuyneni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Sport

image

“Liverpul” “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryuynega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Janluka Di Marsio o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 33 yoshli belgiyalik futbolchiga allaqachon “mersisaydliklar”dan taklif tushgan. Biroq Italiya A Cyeriyasi yetakchisi “Napoli” ingliz klubiga jiddiy raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda

Qayd etish joiz, aprel oyi boshida De Bryuyne shartnomasi muddati tugashi sababli mavsum yakunida Manchester klubini tark etishini e’lon qilgandi.

Joriy mavsumda De Bryuyne barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Liverpul' De Bryuyne

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing