Inflyatsiya avjida. Turkiyada qattiq pul siyosati davom etishi aytildi

Olam

image

Turkiya Markaziy banki Turk lirasining real qiymatini oshiradigan qattiq pul siyosatini davom ettiradi. Bu haqda Markaziy bank raisi Fotih Qoraxon Istanbuldagi Arab banklari sammitida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi. 

“Qattiq pul siyosatimiz davom etadi. Turk lirasining real qiymatining kuchayishini kutamiz. Iyun oyidan boshlab umumiy inflyatsiya darajasida jiddiy pasayish kutilmoqda”, deydi Qoraxon.

Uning fikricha, pul-kredit siyosatini yanada qattiqlashtirish bank sektori uchun foydali bo‘ladi. 

“Yuqori inflyatsiyaga qaramay, bank sektori rentabellikni saqlab qolishi mumkin. Hozir turk lirasi depozitlarida sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. Inflyatsiya pasayishni boshlaganda, bank sektori iqtisodiyotning foyda ko‘radigan tarmoqlari qatoriga kiradi”, deydi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada moliyaviy vaziyat normallashar ekan, banklar o‘z aktivlari va balanslarini boshqarish uchun ancha katta mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishlari kerak.  

“Turk lirasi omonatlarining bank tizimidagi ulushi 2023 yil avgust oyida 31 foizdan 45 foizga oshdi. Yuqori inflyatsiyaga qaramay, bank sektori daromadli bo‘lib qolmoqda, bu sohani rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Regulyatorning choralari turk lirasining ortiqcha likvidligini sterilizatsiya qiladi, liradagi depozitlarga o‘tishni qo‘llab-quvvatlaydi va kreditlash hajmining haddan tashqari o‘sishini oldini oladi”, deydi Qoraxon.

Aprel oyida Turkiyada inflyatsiya, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mart oyidagi 68,5 foizga nisbatan 69,8 foizga (yillik) yetdi. ENAG mustaqil iqtisodchilar guruhi o‘tgan oyda bu ko‘rsatkichni 124,35% deb baholadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya inflyatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing