O‘zbekistonda inflyatsion xatarlar saqlanib qolmoqda – MB
Jamiyat
−
08 Sentabr 2022
7945Kelgusi oylarda iqtisodiy faollikning yanada ortishi va qishloq xo‘jaligi sohalarida mavsumiy pul tushumlarining ko‘payishi hisobiga yalpi talabning o‘sishi, energiya ta’minoti va ichki bozorda ayrim mahsulotlar taklifi bilan bog‘liq inflyatsion xatarlar saqlanib qolmoqda. Bu haqda Markaziy bank Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Iyul-avgust oylarida narxlarning yillik o‘sish sur’atlarini mo‘’tadillashishi kuzatilib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichlardan baland shakllandi. Shuningdek, iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalar may oyida kuzatilgan yuqori darajasiga nisbatan pasayishiga qarmasdan, hamon 14-15 foizni tashkil etmoqda.
Shu omillarni inobatga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida saqlab qolish haqida qaror qabul qilgan.
“Bu, o‘z navbatida, milliy valyutadagi aktivlar jozibadorligini saqlab qolib, jamg‘arish va kredit kanallari orqali monetar omillar ta’sirini yumshatishga xizmat qiladi”, deyiladi MB xabarida.
Shuningdek, joriy yil davomida shakllangan bazaviy inflyatsiyaning o‘suvchi trendi ham iqtisodiyotda inflyatsion xatarlar saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Yillik bazaviy inflyatsiya avgustda 12,4 foizni tashkil etib, uning umumiy inflyatsiyadagi hissasi 9,4 foiz bandgacha oshdi.
LiveBarchasi