Infantino Ispaniya terma jamoasiga chempionlik uzuklarini sovg‘a qildi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino 2026 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan Ispaniya terma jamoasiga maxsus xotira uzuklarini topshirdi. Bu haqda Infantino o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Chempionlik uzuklari Amerika sportidagi, xususan NFL g‘oliblariga beriladigan Super Bowl chempionlik uzuklari an’anasi asosida ishlab chiqilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jami 2026 ta uzuk tayyorlangan. Shundan 30 tasi Ispaniya terma jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabiga taqdim etilgan. Qolgan 1996 tasi esa rasmiy litsenziyalangan mahsulot sifatida sotuvga chiqariladi.

Uzuklar oltindan yasalgan bo‘lib, olmos va sapfir toshlari bilan bezatilgan. Har bir uzukka Jahon chempionati kubogi tasviri o‘yib ishlangan. Shuningdek, dizayn g‘olib mamlakatga mos ravishda maxsus elementlar bilan bezatilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Argentinani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi marta jahon chempioniga aylangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing