Infantino 2027 yilgi FIFA prezidentligi uchun saylovda qatnashadi
Sport
−
09:48 202 1 daqiqa
FIFA’ning amaldagi prezidenti Janni Infantino 2027 yilgi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qo‘yadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati ma’lum qildi.
“FIFA prezidenti aprel oyida 2027 yilda qayta saylanish uchun nomzodini qo‘yishini ma’lum qilgan. Albatta, hech narsa o‘zgarmagan. Infantino qayta saylanish uchun nomzodini qo‘yadi”, deydi tashkilot vakili jurnalist Rob Xarrisga.
56 yoshli Infantino 2016 yil fevral oyida FIFA prezidenti etib saylangan. U 2019 va 2023 yillarda muqobil nomzodlarsiz qayta saylangan. Navbatdagi prezidentlik saylovi 2027 yil 18 mart kuni Marokashda bo‘lib o‘tadi. Nomzodlarni ilgari surish muddati 18 noyabrda yakunlanadi.
Infantinoning qayta saylanish rejasi FIFA Forward Enterprise loyihasi atrofidagi mojarolardan keyin jiddiy bosim ostida qoldi. FIFA ushbu loyiha orqali tashkilot musobaqalarining tijoriy huquqlariga bog‘liq kompaniyaga xususiy investitsiya jalb qilishni rejalashtirgan edi. Tashabbus UEFA, OFK va CONCACAF kabi konfederatsiyalar tomonidan keskin tanqid qilindi va keyinchalik bekor qilindi.
Shu bilan birga, Infantino hozircha saylovda rasman nomzodini e’lon qilgan yagona shaxs bo‘lib turibdi. Uning qayta saylanishiga qarshi chiqqan federatsiyalar ham bor.
Live
Barchasi