Indoneziyadan 54 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi
Jamiyat
−
24 mart 2020
5112Kecha, 23 mart kuni Uzbekistan Airways Jakarta-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovini amalga oshirdi. Reys bilan 54 nafar O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Samolyotda 54 yo‘lovchi olib kelingan. Ularning 28 nafari erkak, 26 nafari ayol. Ushbu qatnov bilan kelgan barcha yo‘lovchilar “Jo‘yizar” sog‘lomlashtirish maskanida ikki haftalik karantinga joylashtiriladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus paydo bo‘lishi munosabati bilan joriy etilgan karantin choralari doirasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 16 mart kunidan xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha barcha qatnovlarni bekor qilgan edi. Hozirda xorijdagi fuqarolar charter reyslar orqali mamlakatga olib kelinmoqda.
Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi