Indoneziyadagi zilzila qurbonlari soni ortmoqda

Olam

image

Avvalroq, Indoneziyaning Sulavesi orolida kechasi soat 02:18 da 6,2 ballli zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik. Zilzila 7 kishining hayotiga zomin bo‘lgani, 600 kishi jarohat olgani aytilgandi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila qurbonlari soni 26 kishiga yetgan. 

Zilzila epimarkazi G‘arbiy Sulavesi viloyatining Mamuju shahri yaqinida bo‘lgan. Zilzila natijasida hududdagi ko‘plab binolar vayron bo‘lgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda qutqaruvchilar odamlarni vayronalar ostidan olib chiqish uchun og‘ir texnikadan foydalanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya zilzila

Baholaganlar

86

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing