Indoneziyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi (video) 

Olam

image
0:00
0:00
download

Indoneziyadagi Pertamina Balongan neftni qayta ishlash zavodida mahalliy vaqt bilan bugun, 29 mart kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada 20 kishi jarohat oldi, deb xabar bergan ANTARA.  

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 5 kishi og‘ir kuyish jarohatini, yana 15 kishi yengil tan jarohati olgan. Ularning barchasi yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan. 

Aniqlik kiritilishicha, qurbonlar orasida neftni qayta ishlash zavodi yaqinida joylashgan uylarning aholisi va atrofda turgan odamlar ham bor. 

Ma’lumot o‘rnida, yong‘inni keltirib chiqargan portlash 29 mart kuni kechasi G‘arbiy Yava viloyati Indramayu tumanidagi neftni qayta ishlash zavodida sodir bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, portlash neftni qayta ishlash zavodidan o‘nlab kilometr uzoqlikda eshitilgan. 

Avvalroq, Indoneziyaning Janubiy Sulavesi viloyati markazi Makasar shahridagi katolik cherkovi yaqinida portlash yuz bergani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Indoneziya

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing