Indoneziyada zilzila yuz berdi
Olam
−
08 fevral 2020
5065Bugun, 8 fevral kuni Indoneziyaning sharqiy qirg‘oqlarida magnitudasi 5,5 ball bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSH Geologiya markazi (USGS) xabar bermoqda.
Yer silkinishi mahalliy vaqt bilan 06:36 da (Toshkent vaqti bilan 07:36) kuzatilgan. Zilzila markazi Seram orolida joylashgan Amaxai aholi punktidan 123 km shimoli-sharqda qayd etilgan. Uning o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Oradan bir qancha vaqt o‘tib, xuddi shu tumanda yana bir bor zilzila bo‘lgan. Bu safar uning magnitudasi 4,9 ball deya baholangan.
Ayni vaqtda qurbon bo‘lgan va jarohatlanganlar haqida ma’lumotlar mavjud emas.