O‘ndan ortiq davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevga bayram tabrigini yo‘lladi
Jamiyat
−
31 iyul 2020
6961Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosiy, jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Ularda davlat rahbari va O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq, umumiy global xatarlarni tez fursatda yengib o‘tish tilaklari izhor etilgan.
Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev;
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev;
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Yaman Respublikasi Prezidenti Abdurabbu Mansur Hodiy;
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos;
O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said;
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Ollohshukur Poshshozoda;
Islom hamkorligi tashkiloti bosh kotibi Yusuf al Usaymin;
Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar Hajar;
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti bosh direktori Salim al Malik.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
LiveBarchasi