Şavkat Mirziyoyev Erdöğan bilan uçraşdi
Jamiyat
−
19:43 446 2 daqiqa
Bugun, 29 oktyabr kuni Anqara şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, davlat rahbari Turkiyaning milliy bayrami – Respublika kuni munosabati bilan butun turk xalqini qizğin muborakbod etib, tinçlik-osoyiştalik, bardavom taraqqiyot va farovonlik tilagan.

Muloqot çoğida ikki mamlakat örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini, xususan, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada mustahkamlaş masalalari atrofliça muhokama qilingan.

Sönggi yillarda barça darajalarda faol muloqotlar olib borilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan. Özaro tovar ayirboşlaş va investitsiyalar hajmi, qöşma korxonalar va aviaqatnovlar soni izçil ösib bormoqda. Hamkorlikning ustuvor yönalişlari böyiça muntazam ravişda qöşma tadbirlar ötkazib kelinmoqda.

Tomonlar biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşni ta’sis etiş, Hukumatlararo qöşma komissiyaning navbatdagi yiğilişiga puxta tayyorgarlik köriş, istiqbolli loyihalar portfelini kengaytiriş hamda yangi yönalişlar böyiça amaliy hamkorlikni izçil davom ettiriş muhimligiga alohida e’tibor qaratgan.


Yetakçilar bölajak tadbirlar rejasi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşgan.
Live
Barchasi27 Oktyabr