Indoneziyada vulqon otilishi kuzatildi (video)

Olam

image

Indoneziyadagi zilzila oqibatida Siau orolining Karangetang vulqoni otilishi kuzatildi. Bu haqda “The Star” nashri xabar berdi.

Tabiiy ofatlarni boshqarish va oqibatlarini yumshatish miliiy agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, lava oltita daryodan quyilgan. Shulardan  Batang, Timbelang, Beha Barat, Nanitu, Batuavang va Kaxetang daryolari 1784 metr balandlikdan boshlanadi. Xavf oqibatida yaqin atrofdagi qishloqlardagi  aholi evakuatsiya qilingan. 

“Tog‘ning qiyaligi juda tik, shuning uchun lava tez tushadi”, deydi markaz koordinatori. 

Agentlik  matbuot kotibi Muhariy yer qimirlashi yuz bergandan so‘ng vulqon otilishidan tashqari  bir qancha uy, shifoxona, masjid, do‘kon binolari vayron bo‘lganini aytdi. Yer silkinishi oqibatida 3 kishi jarohatlangan, 4 kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 fevralida Indoneziyaning Yangi Gvineya orolidagi Papua provinsiyasida 5,1 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi. 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing