Indoneziyada toshqinlar oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
05 aprel 2021
2997Indoneziyaning sharqiy qismida va unga qo‘shni bo‘lgan Sharqiy Timorda yog‘gan kuchli yomg‘irlar bir qator ko‘chkilar va toshqinlarni keltirib chiqardi, natijada kamida 52 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.
Indoneziya Tabiiy ofatlarga qarshi yordam agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda kamida 41 kishi halok bo‘lgan, 27 kishi bedarak yo‘qolgan.
Sharqiy Nusa-Tengara viloyatidagi Adonara orolida joylashgan Lamenele qishlog‘ida o‘nlab uylar ko‘chkilar ostida qolgan.
Mahalliy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari Lenni Olaga ko‘ra, qutqaruvchilar uylardan 35 jasadni olib chiqqan.
Oyan Bayan qishlog‘ida 40 ta uy vayron bo‘lgan, uchta jasad topilgan va yuzlab odamlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
Vayburakda uch kishi halok bo‘lgan, yetti kishi bedarak yo‘qolgan.
Olaning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chki Adonara orolidagi beshta ko‘prikni vayron qilgan.
Shuningdek, Sharqiy Timor poytaxti Dilidagi ko‘chkilar 11 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.