Indoneziyada Sinabung vulqoni uyg‘ondi

Olam

Indoneziyada Sinabung vulqoni uyg‘ondi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Vulqondan otilgan kulli ustun 5 kilometr balandlikkacha ko‘tarilgan. Shamol uni 30 km yon-atrofga sochib yuborgan. Natijada qishloq xo‘jaligi eknilari zarar ko‘rgan.

“Gumburlagan ovoz momaqaldiroqqa o‘xshardi. U 30 soniyadan kamroq davom etdi” degan yerlik fuqaro.

Vulqon otilgan hududga dala va ko‘chalarni tozalashda aholiga yordam berishi uchun harbiy jo‘natilgan. Hukumat aholini evakuatsiya qilishga shoshmayapti. Odamlarga himoya niqoblari tarqatilib, uydan chiqamaslik va vulqon dan 3 km uzoqlikda bo‘lish tavsiya qilingan.

Indonesia's Mount Sinabung Spews Ash 3 Miles High | Science Times

Hozircha qurbonlar haqida ma’lumot kelmagan. Hudud atrofida parvozlar ham amalga oshirilyapti.

Ma’lumot uchun, Sinabung vulqoni 400 yildan ortiq vaqt mobaynida faol bo‘lmagan. Ilk bor 2010 yilda uyg‘ongan. O‘tgan yillar davomida u bir necha marta otilgan. 2014 va 2016 yillarda vulqon otilishi falokatli bo‘lgan. Sinabung so‘nggi bor 2019 yil iyunda otilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya vulqon

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing