Indoneziyada samolyot uchuvchisi parvoz chog‘ida uxlab qoldi
Olam
−
11 mart
9151Indoneziyaning “Batik Air” aviakompaniyasi samolyotining ikkala uchuvchisi parvoz chog‘ida uxlab qoldi va qariyb 30 daqiqa mobaynida chaqiruvlarga javob bermadi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, janubi-sharqiy Sulavesidan Indoneziya poytaxti Jakartaga yo‘l olgan samolyotni boshqaradigan 2 ta uchuvchi bir vaqtda uxlab qolgan, bu taxminan 28 daqiqa davom etgan.
Buning oqibatida navigatsiyada bir qator xatoliklar yuz bergan, ammo “Airbus A320” samolyotining 153 nafar yo‘lovchisi va to‘rt nafar bort kuzatuvchisi 2 soat 35 daqiqa davom etgan parvoz chog‘ida jabr ko‘rmagan.
“Transport vazirligi hodisa yuzasidan Batik Air aviakompaniyasiga nisbatan qat’iy hayfsan e’lon qiladi. Aviakompaniyani ekipajning dam olishiga ko‘proq e’tibor qaratishga chaqiramiz”, deydi vazirlikning Havo transporti bo‘limi direktori Mariya Kristi Endax Murni.
Eslatib o‘tamiz, Jizzaxda “Damas” haydovchisi avtomobilni boshqarib ketayotgan vaqtida uxlab qolgandi.
Javohir Yo‘ldashov
LiveBarchasi