Mudhish YTH. Haydovchi uxlab qoldi, bir kishi vafot etdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Jizzaxda Damas haydovchisi avtomobilni boshqarib ketayotgan vaqtida uxlab qoldi. Oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib VAZ-2106 avtomobiliga borib urildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi JXX YHXB Matbuot xizmati xabar bergan. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 iyul kuni soat 7:30 atrofida Yangiobod tumanida Damas haydovchisi avtomobilda harakatlanib ketayotganda uxlab qolgan va qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi VAZ-2106 ning yo‘liga chiqib ketgan. 

YTH oqibatida  Damas salonida bo‘lgan 1987 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Damas haydovchisi esa turli tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

415

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing