Indoneziyada Prezident almashdi
Olam
−
22 mart
59282019-2024 yillarda Indoneziya mudofaa vaziri bo‘lgan Prabovo Subianto mamlakatning yangi rahbari etib saylandi. Bu haqda Indoneziya Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Indoneziyada prezidentlik saylovlari fevral oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan va uchinchi marta prezident bo‘lishga uringan Prabovo Subianto 58,6% ovoz bilan g‘alaba qozongan.
Aniqlik kiritilishicha, sobiq mudofaa vaziri Indoneziyaning 38 provinsiyasidan 36 tasida, shuningdek, xorijda o‘tkazilgan saylov uchastkalarida g‘alaba qozongan. Prabovo Subiantoning inauguratsiyasi joriy yilning 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Uning ikki raqibi Ganjar Pranovo va Anis Basvedan o‘z mag‘lubiyatini tan olishmayapti va Indoneziya konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishmoqchi.
Ma’lumot uchun, birinchi marta siyosiy yoki harbiy kelib chiqishi bo‘lmagan Joko Vidodo bundan avval 2014-2024 yillarda Indoneziyani boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, 20 mart kuni hukmron Vetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi mamlakat Prezidenti Vo Van Txiongning iste’fosini qabul qilgan edi.