Indoneziyada ikkita orol suv ostida qoldi
Jamiyat
−
16 yanvar 2020
6351Indoneziyaning Bethe va Gundul orollari dengiz sathi ko‘tarilishi sababli butunlay suv ostida qoldi. Bu haqda The Straight Times xabar bermoqda.
Janubiy Sumatra (Banyuasin tumani) provinsiyasida joylashgan ushbu kimsasiz orollar dengiz sathidan 1 m va 3 m pastlikda joylashgan. Orollarning suv bosishi global isish sababli ro‘y bergan.
The Straight Times nashriga ko‘ra, Bethe oroli Berbak Sembilang milliy bog‘ining bir qismi hisoblanadi. Berbak-Sembilang milliy bog‘i rahbari orolning suv ostida qolganligini tasdiqladi.
Sumatra janubidagi Banyuasinning sharqiy sohilida 23 ta kichik orol mavjud. Ba’zi orollarda yashash uchun sharoitlar yo‘q, boshqalari esa odamlar yashaydi. To‘rt orol - Burung, Kalong, Salax Namo va Kramat yaqin kelajakda suv toshqini xavfiga duch kelishi mumkinligi ogohlantirildi. Dastlabki uchtasi dengiz sathida, oxirgisi - dengiz sathidan 3 m balandlikda joylashgan.
Berbak-Sembilang milliy bog‘i - bu YUNESKOning biosfera rezervati bo‘lib, u mangrova bilan tanilgan, o‘simlik va hayvonot dunyosiga boy. Sumatra oroliga xos bo‘lgan Sumatran yo‘lbarslari qo‘riqxonada yashaydi.