Indoneziyada futbolchi hakamga musht tushirdi (video)
Sport
−
16 Sentabr 2024 16271 1 daqiqa
Indoneziyada futbol o‘yini o‘tkazilayotgan paytda futbolchi penalti belgilagani uchun hakamni urib, maydonga yiqitdi. Bu haqda “Match TV” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jarohat olgan hakam tez yordam mashinasida maydondan olib ketilgan.
Futbolchi Piter Rumaropen endi hakamning yuziga musht tushirgani uchun uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bu Rumaropen to‘p suradigan “Persiva Vamena” va “Pelita Bandung Raya” klublari o‘rtasidagi Indoneziya chempionati o‘yinida sodir bo‘ldi.
Asosiy vaqt tugashiga sakkiz daqiqa qolganida o‘yinda hisob tenglashdi – 1:1, biroq hakam “Persiva” darvozasiga penalti belgilashga qaror qildi va bundan alamzada bo‘lgan futbolchi hakamni urdi.
Indoneziya futbol federatsiyasining ma’lum qilishicha, hakamga nisbatan qilgan ishi uchun futbolchi jazolanadi. Shuningdek, o‘yin hakamining uchrashuvda chiqargan qarorlari yuzasidan tekshiruv ishlari olib boriladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr