Indoneziyada 7,7 magnitudali yer silkinishi bo‘ldi

Olam

image

Indoneziya sharqiy sohillari yaqinida 7,7 magnitudali zilzila va o‘nlab takroriy silkinishlar sodir bo‘lib, kamida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, zilzila bugun, 15 avgust kuni ertalab sodir bo‘lgan. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatida bir nechta hududda balandligi 1 metrdan kam sunami to‘lqinlari qayd etilgan, zilziladan taxminan uch soat o‘tib sunami xavfi haqidagi ogohlantirish bekor qilingan.

Tabiiy ofatlarni bartaraf etish milliy agentligiga (BNPB) ko‘ra, halok bo‘lgan ikki kishidan tashqari, Sikka okrugida yana bir kishi jarohatlangan.

BNPB'ning qayd etishicha, Sharqiy Nusa-Tenggara, G‘arbiy Nusa-Tenggara va Janubiy Sulavesi hududlarining ayrim qismlarida kuchli silkinish sezilgan. Bir nechta hudud aholisi zilzila taxminan bir daqiqa davom etganini bildirgan.

“Aholining aksariyati silkinishni his qildi va uylaridan tashqariga tarqalib chiqdi”, deyiladi agentlik bayonotida.

Sharqiy Nusa-Tenggara provinsiyasidagi Ende okrugida joylashgan shifoxona bemorlarni tashqariga olib chiqqani Kompas TV tasvirlarida ko‘rsatilgan. Kompas.com esa kamida bir joyda ko‘chki sodir bo‘lganini xabar qilgan.

Geofizika agentligi (BMKG) birinchi zilzilani soat 04:58 da (Grinvich vaqti bilan 21:58) 15 kilometr chuqurlikda qayd etgan. Shundan keyin bir nechta takroriy silkinishlar sodir bo‘lgan.

Avstraliyaning sunami ogohlantirish markazi suv ostidagi zilzila Avstraliya materigi, orollari yoki hududlari uchun “sunami xavfini keltirib chiqarmasligi”ni ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 avgust kuni Kolumbiyaning g‘arbiy hududlarida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 250 nafardan oshgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing