Inbazar rahbarining o‘zi ham xodimlarini kaltaklagan bo‘lib chiqdi (video)
3-sahifa
−
15 Sentabr
30162Avvalroq, Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan Inbazar savdo markazi filialida xodim do‘konning boshqa bir vakili tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergan edik. O‘z xodimini kaltaklagan savdo markazi vakiliga nisbatan esa ichki ishlar organlari tomonidan chora ko‘rilgandi.
Bugun, 15 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Inbazar savdo markazi rahbari Omadtillo Xolmatovning o‘zi xodimlarini do‘pposlayotgani yoxud kimlar orqalidir kaltaklatayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Tarmoqlarda sizdirilgan videolardan birida u xodimini yerga yotqizib urayotgani, tepkilayotganini, ikkinchi bir videoda esa ko‘chada o‘zi va boshqa ikki odam bilan yana bir yigitni urishga harakat qilganini ko‘rish mumkin. Har bir video davomida Omadtillo Xolmatov xodimlarini haqoratlab, ularni urishtirishga va o‘zi ham urishga intilgan. Va rahbar bu jarayonlarni videoga ham olgan. Xodimlarini esa kaltaklagan. Savdo markazi boshlig‘i, shuningdek, ularni boshqa shunday holat kuzatilsa, ayab o‘tirmasligi bilan qo‘rqitgan.
“Agar kimdir mijozga yomon munosabatda bo‘lsa, xuddi mijozning yoshidagi odamni olib kelaman va o‘sha olib kelgan odamim ishxona oldida hamda idora ichida hammaning ko‘z oldida uni urib, hurmatini yer bilan yakson qiladi”, degan Xolmatov internetda tarqalgan videolardan birida.
Bundan tashqari, Inbazar rahbari Xolmatov ularni itlarga g‘ajitishini ham ta’kidlagan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa Inbazar va uning mahsulotlariga boykot e’lon qilmoqda. Savdo markazining “Xalqlar do‘stligi” filiali esa ayni paytda o‘z faoliyatini to‘xtatgan.
Ma’lumot uchun, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish harakatlari bezorilik hisoblanadi va bunday ish uchun Jinoyat kodeksining 277-moddasiga (Bezorilik) muvofiq jinoiy javobgarlik bor.
Qolaversa, internet jahon axborot tarmog‘ida, ya’ni internetda joylashtirish orqali boshqalarning sha’ni va qadr-qimmatini yerga urib haqorat qilish Jinoyat kodeksining 140-moddasiga (Haqorat qilish) muvofiq jinoiy jazolanadi.
LiveBarchasi