Inesta yangi lavozimda ish boshladi

Sport

image

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi afsonasi Andres Inesta Marokash milliy terma jamoasida yangi lavozimga tayinlandi. U 2030 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli rivojlanish dasturi doirasida Marokash terma jamoasining sport direktori etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi xabar berdi.

Inestaga Marokash terma jamoasining sport rivoji tuzilmasini yaratish va mustahkamlash vazifasi yuklatildi. Federatsiya ma’lumotiga ko‘ra, “Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi professional strategiyani shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, u milliy terma jamoa, yoshlar rivojlantirish tizimi va futbol akademiyalari o‘rtasida muhim bog‘lovchi sifatida faoliyat yuritadi.

Mazkur tayinlov mamlakat futbolini kelgusi yillarda rivojlantirishga qaratilgan “Marokash–2030” strategik dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Federatsiya ushbu loyiha milliy terma jamoa, yoshlar jamoalari, futbol akademiyalari hamda ayollar futbolini yagona tizimga birlashtirishga qaratilganini ta’kidladi.

Shuningdek, ilgari “Pari Sen-Jermen”, “Roma” va “Tottenxem” klublarida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan Joao Sakramento ham Marokash terma jamoasi murabbiylar shtabiga qo‘shildi. U jamoaga yuqori darajadagi raqobat muhitiga mos metodologik yondashuv olib kelishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragi bilan lavozimini tark etgani va uning o‘rniga Muhammad Uaxbi tayinlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andres In'esta “Barselona” Marokash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing