Inyesta “Barselona”ga qaytish niyatida

Sport

image

Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubi yarim himoyachisi Andres Inesta Slubdeldeportista nashriga bergan intervyusida “Barselona”ga qaytish niyati haqida gapirib o‘tdi.

“Agar hammasi menga bog‘liq bo‘lganida, qaytgan bo‘lardim. Ammo kelajakda bizni nima kutayotganini bilmaymiz. Kelajak uchun uzoq muddatli rejalar tuzish qiyin. O‘zimga mos rolda o‘ynamoqchiman. Shundagina uzoq yillar to‘plagan tajribamni qolganlar bilan baham ko‘rishim mumkin”, deb aytib o‘tgan Inesta.

Inesta “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Kataloniya klubi safida 674ta uchrashuvda maydonga tushib, 57ta gol urgan va 32ta sovrin qo‘lga kiritgan. 2018 yilning yozida yarim himoyachi erkin agent sifatida “Vissel Kobe” safiga o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Andres Inesta

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing