Imtihonsiz o‘qishga kiradiganlar toifasi bittaga ko‘paydi
Jamiyat
−
21 yanvar 2022 13943 2 daqiqa
Endilikda intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindon bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda OTM talabalari ta’limning keyingi bosqichiga keyingi bosqichiga imtihonsiz qabul qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, ular ta’limning keyingi bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Shuningdek, 2022 yildan boshlab har yili talabalar o‘rtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta o‘rinni qo‘lga kiritgan oliy ta’lim muassasasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi topshiriladi.
Shu vaqtgacha kvota doirasida imtihonsiz o‘qishga kirish huquqini beradigan imtiyozlar ro‘yxati quyidagicha edi:
• Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
• “Nihol” mukofoti sohiblari;
• “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari;
• “Tarbiyachi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari;
• “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari;
• O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari;
• Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust