Egizaklar bir-birining o‘rniga imtihon topshirayotgani qanday aniqlanadi?

Jamiyat

Joriy yilda ham avval bo‘lganidek, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari vaqtida shaffoflikni ta’minlash dolzarb masala bo‘lib turibdi. Buning uchun test sinovidagi nazoratchilarni body-kameralar bilan ta’minlash masalasi ham ko‘rilyapti.

Ammo imtihonlarda uchrab turadigan yana bir holat borki, body-kamera unga qarshi foyda bermaydi. Bu abituriyentning o‘rniga boshqa, unga o‘xshash odamning kirishi.

Xalqaro press-klubning imtihonlar va yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan sessiyasida shu masala ham ko‘tarildi. Bunday holatlarning oldini olish uchun qanday choralar ko‘rilishi haqida Milliy gvardiya rasmiysi ma’lumot berdi.

“Bunday holatlarning oldini olish maqsadida yuzni tnaib olish kameralari o‘rnatilgan. Shunday holatlar kuzatilsa, ishchi guruhlar tomonidan o‘sha abituriyentlar alohida tekshiriladi.

Bundan tashqari, test sinovlari o‘tkaziladigan ob’ektlar atrofida jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joylardagi Milliy gvardiya bo‘limlari tomonidan ushbu ob’ektlarni o‘rganiladi va mavjud muammolarni bartaraf qilish choralari belgilab olingan”, dedi Milliy gvardiya vakili.

Eslatib o‘tamiz, 2020-2021 o‘quv yili uchun imtihonlar stadionlarda o‘tkaziladi. Abituriyentlarga 2 ta fandan 30 tadan test beriladi. Imtihonda abituriyentlarga 2 soat vaqt ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon

Baholaganlar

214

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing