Imron Xon “yeb qo‘ygani” va buni yashirgani uchun “zapret”ga tushdi

Olam

image

Pokiston Saylov komissiyasi sobiq Bosh vazir Imron Xonga “hukumat rahbari bo‘lgan vaqtida olingan sovg‘alar haqidagi ma’lumotlarni yashirgani” uchun siyosiy faoliyatni taqiqladi. 

Pokiston matbuotiga ko‘ra, saylov komissiyasi a’zolari koalitsion hukumatdan kelib tushgan shikoyatga javoban tegishli qarorni bir ovozdan qabul qilgan. 

Saylov komissiyasi qaroridan so‘ng Xon olgan sovg‘alari haqidagi ma’lumotlarni yashirgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. 

Avgust oyida koalitsiya hukumati Imron Xon ustidan saylov komissiyasiga shikoyat qilgan. 

Pokiston qonunchiligiga ko‘ra, Bosh vazirlar, vazirlar, mutasaddilar va yuqori martabali hukumat amaldorlari xorijiy hukumat amaldorlaridan olgan sovg‘alari haqida “Toshaxon” deb nomlangan bo‘limga xabar berishi shart. Biroq hukumatning iddao qilishicha,  Imron Xonga u asos solgan “Adolat harakati” partiyasi davrida taqdim etilgan sovg‘alar “Toshaxon”ga bildirilmagan. 

Hukumatning ta’kidlashicha, Xon 52 ta sovg‘a olgan va ularning ko‘pini sotgan. 

“Siyosatchiga sovg‘alar 2018 yilning avgustidan 2021 yilning dekabrigacha olingan bo‘lib, ularning bozor qiymati taxminan 641 ming dollarni tashkil etadi”, deyiladi hujjat matnida.

Eslatib o‘tamiz, Imron Xon 9 aprel kuni mamlakat parlamenti unga nisbatan ishonchsizlik votumini e’lon qilganidan so‘ng o‘z lavozimini tark etgan edi. Imron Xon 24 fevral kuni hukumat tashrifi bilan Moskvaga borganidan keyin mamlakatdagi siyosiy inqiroz kuchaygan.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon

Baholaganlar

475

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing