Imron Xon Pokiston hukumatiga ultimatum qo‘ydi

Olam

image

Pokistonning sobiq Bosh vaziri va “Tehrik-e-Insaf” partiyasi rahbari Imron Xon hukumatga ultimatum qo‘ydi. Janob Xon olti kun ichida parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishni talab qilmoqda. Amerikaga qarshi siyosatchi sanalgan Imron Xon Moskvaga tashrifidan so‘ng hokimiyatdan chetlatilgandi.

Kecha, 25 may kuni Pokiston poytaxti Islomobodda Imron Xon tarafdorlari norozilik namoyishi o‘tkazgan. Hukumat namoyishchilarning bir qismi qolganlarga qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Islomobodga olib boruvchi yo‘llarni to‘sib qo‘ygan va shaharning asosiy hukumat binolari joylashgan “qizil zonasi”ga qo‘shinlarni kiritgan. Dastlab namoyishchilar o‘tirib, namoyish o‘tkazishni rejalashtirgan, ammo keyinroq ular politsiya bilan to‘qnashuvga kirishgan. Politsiya ham namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.

“Men import qilingan hukumatga murojaat qilmoqchiman: olti kun ichida saylovlarni e’lon qiling. Parlamentni tarqatib yuboring va saylovlarni iyun oyida o‘tkazing”, degan Imron Xon. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, agar shartlar bajarilmasa, namoyishlar davom etadi.

Imron Xon 9 aprel kuni mamlakat parlamenti unga nisbatan ishonchsizlik votumini e’lon qilganidan so‘ng o‘z lavozimini tark etgan edi. Imron Xon 24 fevral kuni hukumat tashrifi bilan Moskvaga borganidan keyin mamlakatdagi siyosiy inqiroz kuchaygan.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon

Baholaganlar

532

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing