“Importniy” oziq-ovqatlarni O‘zbekistonda ishlab chiqarish uchun 1,8 trln so‘m ajratiladi
Jamiyat
−
23 mart 2023
3484Endi ko‘p import bo‘layotgan 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha 1,8 trillion so‘mlik 2 mingta loyiha ishga tushiriladi. Bu haqda bugun, 23 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.
Unda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish yuzasidan kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Yig‘ilish yakunida mutasaddilarga:
• aholiga bo‘lib berilgan 200 ming gektar, dala chetlaridagi 50 ming gektar hisobidan 5 million tonna qo‘shimcha mahsulot yetishtirishni ta’minlash;
• iqtisodiy instrumentlarni ko‘paytirib, hokim yordamchilari tizimi orqali ushbu yerlarda kooperatsiyani rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash;
• dehqon va fermerlarga qulay bo‘lgan 250 million dollarlik kredit, lizing va sug‘urtaning yangi turlarini yo‘lga qo‘yish;
• bozorlardagi narx-navo o‘zgarishi va mahsulot kamayishini oldindan hisob-kitob qilish, oziq-ovqat inflyatsiyasini 10 foiz chegarada qat’iy ushlab turish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish davomida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.