Impichment mojarosi: Tramp Senat majlisida qatnashmasdan himoyalanmoqchi
Olam
−
28 yanvar 2021
3768AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp AQSH Senatida bo‘lib o‘tadigan impichment sudida yozma ravishda so‘zlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda "NBC News" manbalariga asoslanib xabar bergan.
Xabarga ko‘ra, Tramp Senatga o‘zini himoya qilish uchun xat yuborishi mumkin.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp Florida shtatidan turib respublikachilarning impichmentga qarshi namoyishlarini kuzatib boradi va partiyaning bunday a’zolarini ittifoqchilar deb ataydi.
Ta’kidlanishicha, impichment bo‘yicha sud jarayonida o‘zining oqlanishiga oid alomatlar Trampni "rag‘batlantirgan" va sud majlisining kechikishi ham unga yordam bergan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Senati Trampga nisbatan impichmentni ko‘rib chiqishni joriy yilning 9 fevraliga qoldirdi.
Ma’lumot o‘rnida, 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirdi. Kapitoliyga hujum fonida Trampga ikkinchi impichment e’lon qilindi. Shundan so‘ng, bir qator messenjerlar ham Trampning akkauntlarini blokladi.
AQSHda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida Jo Bayden g‘alaba qozondi. Uning inauguratsiya marosimi 20 yanvar kuni o‘tkazildi. O‘sha kuni Tramp Oq uyni tark etdi.
LiveBarchasi