Kurs UZS

USD

12 913.19

4

EUR

13 908.80

-26.67

RUB

154.17

0.87

Imomo‘g‘lining o‘rnini partiyadoshi egalladi

Olam

image

Muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi vakili Nuri Aslan hibsga olingan Ekrem Imomo‘g‘li yo‘qligida Istanbul hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. Bu haqda “Haber Global” telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, hokim vazifasini bajaruvchi saylovning uchinchi bosqichida muvaffaqiyat qozongan. Aslanning raqibi hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi nomzodi Zeynel Abidin Okul edi. U shahar kengashidagi “Adolat va taraqqiyot” partiyasi fraksiyasi rahbari lavozimini egallaydi. 

Aslan 20 martdan buyon Istanbul hokimi vazifasini bajarib kelayotgan edi, 19 mart kuni Imomo‘g‘li hibsga olinganidan so‘ng, unga rasman shahar meriyasini vaqtincha boshqarish huquqini bergan.

Shahar parlamentida (314 deputat) Jumhuriyat Xalq partiyasi 186 o‘ringa ega, biroq 10 nafar partiya vakili hibsda bo‘lgani uchun ovoz berishda ishtirok eta olmadi va muxolifat 176 ta ovozga ega bo‘ldi.

“Adolat va taraqqiyot” partiyasi 120 o‘ringa ega, yana bir qancha o‘rinlar boshqa partiyalar va mustaqil deputatlar o‘rtasida taqsimlangan.

Dastlabki ikki turda g‘alaba qozonish uchun nomzod kamida ovozlarning uchdan ikki qismini olishi kerak edi. Uchinchi turda oddiy ko‘pchilik yetarli bo‘ldi va Aslan 177 ovoz oldi.

Ekrem Imomo‘g‘lining hibsga olinishi

19 mart kuni tongda Istanbul hokimi va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning asosiy siyosiy raqibi Ekrem Imomo‘g‘li hamda uning 106 tarafdori hibsga olingandi. Imomo‘g‘li va 99 gumonlanuvchiga nisbatan jinoiy tashkilot yetakchisi bo‘lish, jinoiy tashkilotga a’zolik, tovlamachilik, poraxo‘rlik, malakali firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritish va tender savdolarini soxtalashtirishda, Imomo‘g‘li va yana 6 kishi esa qurolli terror tashkilotiga yordam berish bilan gumonlangandi.

23 mart kuni sud Ekrem Imomo‘g‘lini korrupsiya tergovi doirasida hibsga olishga qaror qildi. Bosh prokuratura Imomo‘g‘li “qurolli terror tashkilotiga yordam berganligi bo‘yicha kuchli gumon” borligini, ammo uni moliyaviy jinoyatlar uchun hibsga olish qarori allaqachon chiqarilgani sababli, uning yana hibsga olinishi “hozirgi bosqichda zarur emas”ligini bildirdi.

O‘sha kuni Ekrem Imomo‘g‘li prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatilishi uchun 14,85 milliondan ortiq kishi ovoz berdi. 

Mazkur voqealar fonida Turkiyaning yirik shaharlarida namoyishlar avj oldi. Namoyishlarda 1 mingdan ortiq odam hisga olindi. Ular orasida Prezident Erdo‘g‘an va uning marhum onasini haqorat qilganlar ham bor. Erdo‘g‘anning o‘zi namoyishlarda qatnashganlarni bunday harakatlarining oqibatlaridan ogohlantirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Turkiya Ekrem Imomo'g'li Nuri Aslan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing