Imomo‘g‘lining hibsga olinishi ortidan Turkiyada ijtimoiy tarmoqlar ishlamay qoldi
Olam
−
19 mart
5426Turkiyaning Istanbul shahri hokimi va mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning asosiy siyosiy raqibi Ekrem Imomo‘g‘lining hibsga olingani haqidagi xabarlardan so‘ng bir nechta ijtimoiy tarmoq platformalariga kirish cheklandi. Bu haqda “NetBlocks” Xalqaro internet-monitoring xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, YouTube videoxostingi, X, TikTok hamda Instagram mamlakat hududida cheklovlarga duch kelgan. Hozircha qo‘shimcha tafsilotlar berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbul prokuraturasi Ekrem Imomo‘g‘li va yana 100 dan ortiq shaxsga korrupsiya, poraxo‘rlik hamda terrorchilar bilan hamkorlik ayblovlarini ilgari surgani xabar qilingandi. Ularga qarshi operatsiya doirasida qo‘lga olish qarori chiqarilgan. Imomo‘g‘li va uning matbuot bo‘yicha maslahatchisi Murat Ongun maxsus operatsiya davomida hibsga olinib, sudga olib ketildi.
LiveBarchasi