Imomali Rahmonning jiyanlari vazirni do‘pposlagani bo‘yicha izoh berildi

Olam

image

Tojikiston Ichki ishlar vaziri general Ramazon Rahimzoda mamlakat Prezidentining jiyanlari Sog‘liqni saqlash vazirini kaltaklagani haqidagi xabarlarni yo‘qqa chiqardi.

Rahimzoda Dushanbedagi matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, davlat rahbarining singlisi poytaxt klinikalaridan birida koronavirusdan vafot etganidan keyin Sog‘liqni saqlash vaziri Jamoliddin Abdullozoda marhumaning o‘g‘illari tomonidan do‘pposlanganini rad etdi.

Vazir ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligiga hech qanday shikoyat tushmaganini va bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardan xabar topganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni Imomali Rahmonning jiyanlari Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirini kaltaklagani haqida matbuotda xabarlar tarqalgandi. Aytilishicha, bunga Prezidentning singlisi Qurbonbiy Rahmonovaning koronavirusdan vafot etgani sabab bo‘lgan.

Prezidentning singlisi uchun ataylab taklif qilingan Germaniya, Rossiya va O‘zbekistondan borgan xalqaro mutaxassislar bemorning o‘limidan ikki soat avval tojikistonlik shifokorlarning davolash uslubini noto‘g‘ri, deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

760

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing