Imomali Rahmon O‘zbekistonga keldi

Jamiyat

image

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.

Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng Prezident Imomali Rahmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi 29 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov Imomali Rahmon

Baholaganlar

138

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing