Imomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 25 oktyabr kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti saylovida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi. Davlatlar rahbarlari telefon orqali muloqot qilgan.

Imomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevning tojik-o‘zbek munosabatlarini rivojlantirishdagi shaxsiy rolini yuqori baholadi, deb xabar berdi Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, MSK tomonidan saylov natijalari e’lon qilinishidan avval Shavkat Mirziyoyev nomiga tabriklar kela boshladi. Xususan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Mirziyoyevni ishonchli g‘alaba bilan tabriklab ulgurdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing