Imomali Rahmon Rossiyaga boradi

Olam

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon 21-22 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi va Prezident Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu haqda Tojikiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi. 

"Imomali Rahmon 21-22 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi. U Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi, uchrashuvlar tor va kengaytirilgan tarkibda bo‘lib o‘tadi", degan Tojikiston Prezidentining matbuot xizmati rahbari Abdufattoh Sharifzoda.

Kreml voizi Dmitriy Peskov ham buni tasdiqlagan.

"Ha, albatta. Keyingi hafta Tojikiston Prezidentining Moskvaga rasmiy tashrifi rejalashtirilgan",  degan u jurnalistlarning savoliga javob berarkan. 

Qayd etish joizki, Rahmonning Putin bilan so‘nggi uchrashuvi joriy yilning oktyabr oyida Bishkekda MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tgan. Tojikiston yetakchisi joriy yilning may oyida Moskvaga amaliy tashrif bilan borgan va Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etgan.

Bu safargi tashrif yakunlangach esa Prezident Imomali Rahmon Belarusga yo‘l oladi. U Minskda  23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) sammitida qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Minskda bo‘lib o‘tadigan KXSHT yig‘ilishida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashmasligi ma’lum bo‘lgandi. U Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bilan telefon muloqotida bu haqda aytgandi. Bundan xabar topgan Kreml esa Pashinyanning qaroridan afsusda ekanini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tojikiston Vladimir Putin Imomali Rahmon Belarus' KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing