Imomali Rahmon Putin bilan uchrashdi (video)

Olam

image

Bugun, 17 mart kuni Rossiya va Tojikiston Prezidentlari Vladimir Putin va Imomali Rahmonning Kremlda muzokaralari boshlandi. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Putin Dushanbening Moskva bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari Tojikiston aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildirgan.

“Sizning Tojikiston va Rossiya o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, do‘stona munosabatlar, strategik sheriklik munosabatlari borasidagi yo‘lingiz ham respublika fuqarolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga umid qilamiz. Ishonchim komilki, biz birgalikda ishlashni davom ettiramiz”, degan Rossiya rahbari.

Bundan tashqari, Rossiya rahbari Tojikiston bilan qo‘shma hujjatlar, jumladan, Kollektiv xavfsizlik tashkiloti bilan ishlash doirasida xavfsizlik sohasidagi hujjatlarni imzolash rejalari haqida ma’lum qilgan. Putinning ta’kidlashicha, Tojikiston tashkilotda faol ishlamoqda.

Qolaversa, Putin Imomali Rahmonni 9 may kuni Rossiyada o‘tkaziladigan Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirga taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni Moskvada norasmiy uchrashuv o‘tkazgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qilgandi. Qo‘ng‘iroq davomida Vladimir Putin Ilhom Aliyevni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlab Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan tantanali tadbirlarga taklif qilgan. Prezident Aliyev taklif uchun minnatdorlik bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Imomali Rahmon Kreml

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing