Imomali Rahmon Moskvaga yetib bordi
Olam
−
21 noyabr 2023
5844Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon rasmiy tashrif bilan Moskvaga yetib bordi. Bu haqda “Rossiya 24” telekanali xabar berdi.
Kremlning bildirishicha, Imomali Rahmon Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, ikki tomonlama strategik sheriklik masalalari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibini muhokama qiladi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolanishi, undan so‘ng davlat rahbarlarining ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berishi rejalashtirilgan.
Imomali Rahmonga Tojikistonning Tashqi ishlar vaziri, Mudofaa vaziri va Ichki ishlar vaziri, Energetika vaziri, Iqtisodiy rivojlanish vaziri, Sanoat va yangi texnologiyalar vaziri, Transport vaziri, Mehnat vaziri, Xalq ta’limi vaziri, Qishloq xo‘jaligi vaziri, shuningdek, Respublika Milliy Fanlar Akademiyasi rahbari va boshqa yuqori mansabdor shaxslar hamrohlik qilmoqda.
Tashrif doirasida ikki davlat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvlari rejalashtirilgan. Rahmon Moskvaga tashrifidan so‘ng 23 noyabr kuni Minskda bo‘lib o‘tadigan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti sammitida ishtirok etadi. Putin ham ushbu sammitda qatnashishini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi