Imomali Rahmon koronavirusga qarshi kurash uchun maoshidan voz kechdi

Olam

image
Koronavirus xavfi: Tojikistonda talabalarga ta’til e’lon qilindi north_east

Koronavirus xavfi: Tojikistonda talabalarga ta’til e’lon qilindi

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Prezidentning zaxira jamg‘armasidan uch oy davomida tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lash uchun 12,4 mln somoni ajratdi. Bu haqda AP xabar berdi.

Bundan tashqari, Imomali Rahmon o‘zining bir oylik maoshini ham respublikada koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashga mablag‘ yig‘ish uchun ochilgan hisobga o‘tkazib bergan. Aniq summa keltirilmagan.

Shuningdek, Rahmon doimiy ishlovich shtabga, Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi hamda boshqa tegishli idoralar rahbarlariga koronavirusga qarshi kurashda profilaktikani kuchaytirishni buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat kecha, 30 aprel kuni rasman e’lon qilindi. Mamlakatda birdaniga 15 kishida koronavirus aniqlandi. 10 nafar bemor Sug‘d viloyatida, 5 nafari Dushanbeda aniqlandi. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Tojikistonga borishi kerak bo‘lgan missiyasi hamon yetib kelmadi. Tashkilot o‘z mutaxassislarini Tojikistonga yetkazish yo‘llarini izlayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

297

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing