Kemeron Imomali Rahmon qabulida bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 22 aprel kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot vaziri Devid Kemeronni qabul qildi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, uchrashuvda Tojikiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan. 

“Biz Buyuk Britaniyani G‘arbiy Yevropadagi muhim hamkor sifatida tan olamiz. Mamlakatimizda qirollik bilan ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashga katta e’tibor qaratilmoqda”, degan Imomali Rahmon suhbat avvalida.

O‘z navbatida, Devid Kemeron Tojikiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar sezilarli darajada kengayib borayotganidan va uning yaxshi istiqbollaridan mamnunligini bildirgan. 


Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, savdo va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlar muhokama qilindi.

“Parlamentlararo aloqalarni kengaytirish ham uchrashuvning muhim mavzularidan biri bo‘ldi.Tojikistonning tog‘-kon, metallurgiya, yengil sanoat, oziq-ovqat, farmatsevtika va qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga qirollik kapitalini jalb etish zarur deb topildi. Shuningdek, tomonlar “yashil energiya” ishlab chiqarish, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish va “raqamli iqtisodiyot”ni ilgari surish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi”, deyiladi xabarda.

Bugungi uchrashuvning yana bir mavzusi suv va iqlim muammolarini hal etish, mehnat migratsiyasi, davlatlar o‘rtasidagi havo yo‘llarini diversifikatsiya qilish yo‘nalishida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘lgan. Uchrashuvda mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida Tojikiston va Qirollik o‘rtasidagi hamkorlik ham muhokama qilingan.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tojikiston Buyuk Britaniya Imomali Rahmon Devid Kemeron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing