Imomali Rahmon koronavirusga qarshi emlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda “Sputnik” nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu ma’lumotni Tojikiston davlat rahbari Matbuot kotibi Abdufattoh Sharifzoda tasdiqlagan.

Shu bilan birga, Tojikiston rahbari qanday vaksina bilan emlangani hozircha aytilmayapti. Qayd etish kerakki, avvalroq, Prezident Rahmon Sug‘d viloyatiga qilgan tashrifida fuqarolarni emlanishga chaqirgan.

Keyin Rahmon koronavirusga qarshi emlanganini aytdi va hammaga undan o‘rnak olishni maslahat berdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Tojikiston shifoxonalarida koronavirusga qarshi import qilingan uch turdagi: AQSHning Moderna, Hindistonda ishlab chiqarilgan AstraZeneca va Xitoyning CoronaVac preparatlari mavjud.

Joriy yilning 25 iyunida mamlakat poytaxti Dushanbeda 18 yoshdan oshgan mamlakat fuqarolari o‘rtasida COVID-19 ga qarshi emlash kampaniyasi boshlandi. Qayd etish kerakki, Tojikistonda aholining 48,0 foizini emlashga yetadigan vaksina zaxirasi mavjud.

Ma’lumot o‘rnida, shu vaqtga qadar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlaridan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov (Xitoyning “Sinopharm”), Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev (Rossiyaning “Sputnik V”), Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev (Rossiyaning “Sputnik V”), O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev (vaksina haqida ma’lumot yo‘q), Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon (vaksina haqida ma’lumot yo‘q) koronavirusga qarshi emlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing