Immobile Ronaldu va Messidan yaxshiroq natija qayd etdi
Sport
−
10 yanvar 2022 3315 1 daqiqa
Italiya chempionatining 21-turi doirasida “Latsio” “Inter”ga imkoniyatni boy berdi (1:2).
Rimliklarning bu o‘yindagi yagona goliga hujumchi Chiro Immobile mualliflik qildi. Bu 31 yoshli hujumchi uchun A seriya joriy mavsumdagi 15-gol bo‘ldi.
Italiyalik futbolchi o‘zining so‘nggi olti mavsumida 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U Robert Levandovski (“Bavariya”) va Muhammad Saloh (“Liverpul”)dan keyin Yevropaning top-5 ligasida bunday natijaga erishgan uchinchi futbolchiga aylandi.
Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi yillarning haqiqiy qahramonlari hisoblangan Leo Messi va Krishtianu Ronaldu ushbu mavsum milliy chempionatlarda yu 15 ta gol kiritmagan va mazkur ro‘yxatdan joy olgani yo‘q.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr