Immobile koronavirusga chalindi 

Sport

image

“Latsio” va Italiya terma jamoasi hujumchisi Chiro Immobileda koronavirus aniqlandi. Bu haqda “Corriere dello Sport” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Immobile va uning rafiqasi Jessika o‘tgan hafta Latsioda Rojdestvoga bag‘ishlangan kechada qatnashgan. Ertasi kuni Jessikada koronavirus aniqlangan va Immobile ham izolyatsiya qilingan edi. U Italiya A seriyasining 18-turidan o‘rin olgan “Jenoa”ga qarshi o‘yinni (3:1) o‘tkazib yuborgan. Endilikda Chironing koronavirusga qarshi topshirgan testi mubat natija bergan.

Eslatib o‘tamiz, Immobile “Latsio”ning joriy yilgi so‘nggi bellashuvi “Venetsiya”ga qarshi safardagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Ushrashuv ertaga 22 dekabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Immobile joriy mavsum A seriyada 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, 31 yoshli futbolchi hisobida UEFA Yevropa ligasining 6 o‘yinida kiritilgan 3 ta gol bor.
 


Maqola muallifi

Teglar

Italiya A seriya Latsio Immobile Jessika

Baholaganlar

1

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing