Ilon Maskning kosmik kemasi parchalanib ketdi

Olam

image
Mask yaqin kelajakda Marsda mustaqil sivilizatsiya qurmoqchi north_east

Mask yaqin kelajakda Marsda mustaqil sivilizatsiya qurmoqchi

Amerikalik multimilliarder Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasining Starship raketasi to‘qqizinchi sinov parvozi chog‘ida buzilib ketdi. Bu haqda bugun, 28 mayga o‘tar kechasi SpaceX kompaniyasi X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

“Starship tez va rejasiz ravishda vayron bo‘ldi. Jamoalar ma’lumotlarni o‘rganishda va navbatdagi sinov parvozi ustida ishlashda davom etadi”, deyiladi xabarda.

Raketa-tashuvchi kecha, 27 may kuni Sharqiy vaqt bilan 19:36 da (Toshkent vaqti bilan 28 may 04:36) Texasdagi Starbase kosmodromidan uchirildi. Uchirishdan taxminan yarim soat o‘tgach, Starship'ning ikkinchi bosqichini boshqarish yo‘qoldi. 

AFP agentligi xabariga ko‘ra, raketa atmosferaga nazoratsiz kirib kelgan, shundan so‘ng u yonib ketgan va Hind okeani uzra parchalanib ketgan.

SpaceX ma’lumotlariga ko‘ra, hodisaga yoqilg‘i sizib chiqishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Starship kemasining balandligi 123 metr. Bu hozirda eng katta va eng kuchli kosmik raketa. SpaceX kompaniyasi Starship'ni qayta ishlatiladigan raketaga aylantirishni maqsad qilgan, bu esa kosmik parvozlar narxini sezilarli darajada kamaytiradi.

SpaceX bosh direktori Ilon Mask Starship 2026 yilda Marsga sayohat qila olishini kutmoqda.

Starship'ning avvalgi sakkizta sinovidan to‘rttasi portlash bilan yakunlangan. Xususan, mart oyida raketaning yuqori pog‘onasi portlagan. O‘shanda vayronalar Bagama orollari ustiga qulagan. Yanvar oyi o‘rtalarida xuddi shunday hodisada Karib dengizidagi Turks va Kaykos orollariga vayronalar tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

SpaceX Ilon Mask Starship

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing