Ilon Maskning kosmik kemasi qo‘nish paytida yana portlab ketdi (video)

Texnologiya

0:00
0:00
download

Amerikalik multimilliarder Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli Starship kosmik kemasi prototipi qo‘nishi paytida portlab ketdi. Bu haqda CNBC xabar bergan.  

Starship SN11 o‘n birinchi sinov prototipi Texas shtati janubi-sharqidagi SpaceX kompaniyasining Boka-Chika poligonidan uchirilgan. 

Kema rejalashtirilganidek 10 km balandlikka ko‘tarilgan, dvigatellarni o‘chirib qo‘ygan, aerodinamik tormozlashni amalga oshirgan, qo‘nish uchun dvigatellarni yoqqan, ammo qo‘nishidan bir daqiqa oldin qurilma buyruqlarga javob berishni to‘xtatgan. 

"Qoldiqlarni o‘rganishimiz bilanoq, nima bo‘lganini bilib olamiz", degan Ilon Mask o‘zining Twitter'ida. 

Starship kosmik kemasi va o‘ta og‘ir raketasi Yerga yaqin orbita, Oy va Marsga ekipaj va yuklarni olib chiqishga mo‘ljallangan.  

Ma’lumot o‘rnida, o‘ninchi Starship prototipi qo‘nishidan bir necha daqiqa o‘tgach portlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask kosmik kema

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing