Ilon Maskning boyligi keskin oshib ketdi

Olam

image

Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning boyligi Tesla kompaniyasi aksiyalarining sezilarli darajada oshishi natijasida bir kunda 32,6 milliard dollarga ortib, 304,2 milliard dollarga yetdi. Buni real vaqt rejimida o‘tkaziladigan Forbes milliarderlar reytingi ma’lumotlari tasdiqlaydi.  

Natijada Mask yana 300 milliard dollardan ortiq boylikka ega odamga aylandi. 2021 yilning noyabrida u tarixda birinchi marta shunday natijaga erishgandi. 

Mask Tesla aksiyalari kecha, 3 yanvar kuni ko‘tarilishidan oldin ham sayyoradagi eng boy odam bo‘lgan, ammo endi u o‘zining eng yaqin raqibi, Fransiyaning LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) kompaniyalar guruhining bosh direktori bo‘lib qolayotgan Bernar Arno (200,6 milliard dollar) bilan farqni kengaytirdi. 

Tesla aksiyalari Nyu-York fond birjasida kecha, 3 yanvar kuni 13,53 foizga oshib, 2021 yilda elektromobillar yetkazib berish hajmi rekord darajada oshgani haqidagi yangilik fonida bir aksiya uchun 1199,78 dollarni tashkil qildi. Kompaniya o‘tgan yilda mijozlarga 936 172 ta elektromobil jo‘natgan, bu 2020 yilga nisbatan 87 foizga ko‘p. 

Eslatib o‘tamiz, “Financial Times” gazetasi va “Time” jurnali milliarder, SpaceX kompaniyasi asoschisi, Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Maskni “Yil odami” deb topgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Mask boylik

Baholaganlar

1338

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing