Ilon Maskning boyligi keskin kamaydi

Olam

image

Kecha, 3 iyun kuni dunyoning eng milliarder odami Ilon Maskning boyligi 16,9 milliard dollarga kamaydi. Bu uning elektrmobil ishlab chiqaruvchi “Tesla” ishchi kuchini taxminan 10 foiziga qisqartirishi kerakligi haqida aytgan gaplaridan so‘ng sodir bo‘ldi.

“Forbes”ning qayd etishicha, hozirda tadbirkorning kapitali 216,8 milliard dollarga baholanmoqda.

“Mask aksiyalar qiymatining pasayishi tufayli 16,9 milliard dollar yo‘qotdi”, deb yozdi nashr. 

“Tesla” aksiyalari shu haftada bir yilga nisbatan 33 foizga pasaydi. Investorlar, ehtimol, hozir asosan Maskning jim bo‘lishini o‘ylayapti”, deydi “Miller Tabak”ning sotuv bo‘yicha bosh strategi Metta Maley.

Eslatib o‘tamiz, 2 iyun kuni Ilon Mask “Tesla” xodimlariga elektron pochta orqali  ishchi kuchining taxminan 10 foizini qisqartirishi kerakligini xabar qilgandi.

“Bloomberg”ning xabar berishicha, Mask yaqinda “Tesla” kompaniyasining xodimlari masofaviy ishlayotganidan noroziligini bildirgan. 

“Masofadan ishlashni istagan har bir kishi haftasiga kamida 40 soat (minimum) ofisda bo‘lishi yoki “Tesla”ni tark etishi kerak. Bu zavod ishchilaridan talab qilganimizdan kamroq”, degan u.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

872

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing