Ilon Maskni Kanada fuqaroligidan mahrum qilishmoqchi
Olam
−
25 fevral
2396200 mingdan ortiq kanadalik amerikalik tadbirkor, SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Maskni Kanada fuqaroligidan mahrum qilishga chaqiruvchi parlament petitsiyasini imzoladi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunga Maskning Kanadani anneksiya qilish va uni 51-shtatga aylantirish bilan tahdid qilgan Donald Tramp bilan ittifoqchiligi sabab bo‘lgan. Hujjatda aytilishicha, Mask Prezident Trampning maslahatchisi sifatida Kanadaning milliy manfaatlariga zid harakatlarda ishtirok etmoqda va uning suverenitetiga putur yetkazmoqda. Petitsiya Bosh vazir Jastin Tryudoni Maskning Kanada fuqaroligini zudlik bilan qaytarib olishga chaqiradi.
“Tramp Kanada mahsulotlariga bojlar bilan tahdid qilish va uni anneksiya qilishi bilan ochiqchasiga maqtanish orqali Kanadaning 40 millionlik aholisining nafratiga sazovor bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Janubiy Afrikada tug‘ilgan Ilon Mask Saskachevan provinsiyasi Rejayna shahridan bo‘lgan onasi tufayli Kanada fuqaroligini olgan. Bundan tashqari, u AQSH va JAR fuqaroligiga ham ega. Petitsiyaning keyingi taqdiri Kanada Jamoalar palatasiga taqdim etilishiga bog‘liq. Imzo yig‘ish muddati 2025 yil 20 iyunda tugaydi. To‘rt kun ichida u 200 mingdan ortiq ovoz to‘plagan.
Petitsiyaning keyingi taqdiri Kanada Jamoalar palatasiga taqdim etilishiga bog‘liq. Kanada parlamenti 24 martdan o‘z faoliyatini qayta boshlaydi, ammo shu sanagacha umumiy saylovlar o‘tkazilishi ehtimoli ham mavjud. Bunday petitsiyalar Jamoalar palatasida ko‘rib chiqilishi va hukumatning rasmiy javobini olishi uchun kamida 500 ta imzo to‘planishi lozim.
Bu voqealar Trampning bojxona tariflarini joriy etish tahdidi tufayli Kanada va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib borayotgan bir paytda sodir bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Reuters” axborot agentligi o‘z manbalariga tayanib, AQSH hukumati Ukrainani Ilon Maskning Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tizimiga kirishni to‘sib qo‘yish bilan tahdid qilgani haqida xabar bergan edi. Biroq Ilon Mask agentlik xabarini rad etgani haqda ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar



