Ilon Mask UFC afsonasi bilan mashg‘ulot o‘tkazdi

Sport

image

Twitter kompaniyasi rahbari Ilon Mask ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama bo‘layotgan Mark Sukerbergga qarshi jangga UFC afsonasi Jorj Sen-Per bilan birga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Sen-Perga ko‘ra, ko‘pchilik tashkil etilishiga shubha bilan qarayotgan mazkur jangning asosiy ishtirokchi figurasi bo‘lgan Ilon Maskning jismoniy holati hayratlanarli darajada.

Sen-Per Instagram sahifasiga Ilon Mask, jiu-jitsu murabbiyi Jon Danaxer va podkaster Leks Fridman bilan birga tushgan rasmini joylagan va quyidagicha izoh qoldirgan.

“Meni hayratga solgan uch kishi bilan ajoyib mashg‘ulot bo‘ldi. Bu suratdagi jami IQ 1000, albatta, meni hisobga olmaganda”, deydi MMA'chi.

Ma’lumot uchun, Jorj Sen-Per MMA'dagi professional faoliyati davomida 28 ta jangda ishtirok etib, 26 tasida g‘alabaga erishgan. Sportchi faqat ikkita to‘qnashuvda raqiblariga mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Sukerberg va Mask dastlab joriy yilning 20 iyun kuni Twitter'da o‘zaro bahslashib, AQSHning Las-Vegas shahridagi oktagonda jang qilishga kelishib olgandi. Biroz vaqt o‘tgach, UFC Prezidenti Deyna Uayt har ikki milliarderning niyati jiddiy ekanini ma’lum qilib, mazkur bahsning tashkiliy masalalariga o‘zi bosh-qosh bo‘lishini aytgangan edi.

Shundang so‘ng, Italiya Madaniyat vaziri Sukerberg bilan bog‘lanib, unga jangni Rimdagi Kolizey amfiteatrida o‘tkazishni taklif qildi


Maqola muallifi

Teglar

UFC Ilon Mask Jorj Sen-P'er Mark Tsukerberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing